35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
YUNUSOBOD TUMANIDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK: HAR BIR MAKTAB SHAXSAN NAZORATDA 👇👇👇

Yunusobod tumanida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish masalasi doimiy e’tiborda.

Shu munosabat bilan Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati, tuman hokimi A.Saidaliyev boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik hamda ta’mirlash ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilmoqda:
Moddiy-texnik baza va infratuzilma: Sinfxonalarning shayligi, zamonaviy o‘quv vositalari hamda fan laboratoriyalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Isitish tizimlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi va energiya samaradorligi;
O‘quvchilar xavfsizligi: Kuzatuv kameralarining ishlashi, yong‘in xavfsizligi vositalari hamda ta’lim maskanlariga kirish-chiqish nazorati;
Ijtimoiy-maishiy sharoitlar: Oshxonalar va sport zallarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi.
O‘rganishlar yakunida tuman hokimi aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, sifat talablariga qat’iy rioya qilish hamda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

📑"Farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlarni yaratish — eng ustuvor vazifamizdir."

Slide 1 of 6