35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

 Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi. Tantanali tadbirda maktab jamoasi, ota-onalar hamda bilim olamining ilk qadamlarini qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari jam bo‘ldi. Tadbir davomida bu yil maktabning 1-sinfiga qabul qilingan bolajonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining an’anaviy “Prezident sovg‘alari” tantanali ravishda topshirildi. Deputat X.Atajonova ushbu quvonchli marosimda faol ishtirok etib, yosh o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi. Ilk qo‘ng‘iroq — bolajonlar hayotidagi unutilmas, hayajonli va quvonchli kun. Ularning ta’lim olishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar yurtimizda yosh avlodga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir. X.Atajonova o‘z saylov okrugidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi va munosib sharoitlarda kamol topishiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. 

Slide 1 of 6