35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi



🔷Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, O‘zLiDep partiyasidan 12-Oxunboboyev saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Salixovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan “Sohibkor” MFYda mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi.

🔹Mazkur mahallada jami 5838 nafar aholi istiqomat qiladi, shundan 1200 nafardan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. O‘rganish jarayonida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun zarur infratuzilma yetishmasligi, xususan, zamonaviy kutubxona va sport maydonchalari mavjud emasligi aniqlandi.

🔷Shunga qaramasdan, mahallada turli sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, sport tadbirlari asosan ko‘chalararo shaklda o‘tkazilmoqda. Shaxmat, shashka va stol tennisi musobaqalari esa maktab sport zali hududida tashkil etilmoqda.

🔹Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab berildi.

Slide 1 of 3