35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi

#nazorat_tahlil #deputat_okrugida
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Yangiobod” mahalla idorasini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayeva o‘z saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari X.Xudoynazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov bilan birgalikda mahalla idorasining mavjud holatini ko‘zdan kechirib, uni ta’mirlash masalasini muhokama qildilar.

Muhokama davomida mahalla idorasini ta’mirlash, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda fuqarolarni qabul qilish uchun qulay sharoitlarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari tomonidan tegishli choralarni belgilash hamda ta’mirlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi. Amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4