35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
36-maktabda o'rganish olib borildi

#sessiya_kun_tartibidagi_masala #kotibiyat_mudiri_faoliyati
#deputat_okrugida #doimiy_komissiya_faoliyati
#nazorat_tahlil #deputat_okrugida

36-maktabda o'rganish olib borildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 13-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat - tuman Kengashining maahalliy budjet datdbirkorlikni rivojlantirish va iqtissodiy islohotlar bo'yicha doimiy komissiyasi raisi o'rinbosari N.Alimov o‘z saylov okrugidagi “Shodlik” mahallasida, tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev bilan birgalikda mahallada joylashgan 36-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, navbatdagi Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan maktabdagi mavjud holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va ularning amaliy natijalarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida maktab binosining umumiy holati, sinfxonalar, yo‘laklar, tom qismi, muhandislik tarmoqlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Ta’mirlash ishlarining belgilangan loyiha va sifat talablariga muvofiq olib borilishi, qurilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

Yakunda ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2