35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

#nazorat_tahlil #biriktirilgan_tashkilot
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 3-Takiya saylov okrugidan saylangan deputat A.Abdinazarov o'ziga biriktirilgan tashkilot — tuman Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov bilan birgalikda o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishida maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, mavjud moddiy-texnik baza hamda o‘quvchilarning musiqa va san’at yo‘nalishlarida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham o‘rganish olib borilib, ta’lim jarayonining qonunchilik talablariga muvofiqligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ta’lim sifatini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ta’lim sifatini yanada oshirish va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2