35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
MUSTAQILLIK BAYRAMIGA MUNOSIB TUHFA: BANDIXONDA YANA BIR ZAMONAVIY TA’LIM MASKANI!

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMIGA MUNOSIB TUHFA: BANDIXONDA YANA BIR ZAMONAVIY TA’LIM MASKANI!

🎉 Mustaqilligimizning 35 yillik shukuhi yurtimiz bo‘ylab keng quloch yozayotgan ayni kunlarda Bandixon tumanida yana bir ezgu va quvonchli voqea nishonlandi.

📚 Limonzor mahallasidagi 41-sonli umumta’lim maktabiga qo‘shimcha 240 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

💰 Umumiy qiymati qariyb 2,8 milliard so‘m bo‘lgan yangi bino o‘quvchilar uchun zarur sharoitlar bilan jihozlangan bo‘lib, yosh avlodning zamonaviy va sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyat yaratadi.

✨ Yangi ta’lim binosining tantanali ochilish marosimida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov, nuroniylar, jamoatchilik vakillari, maktab jamoasi, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda nuroniylar yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi uchun ezgu duolar qildilar. Chekka hududlarda, xususan, ta’lim maskanlarida yaratilayotgan bunday imkoniyatlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Bugun bunyod etilayotgan har bir maktab — ertangi kunimizga qo‘yilayotgan mustahkam poydevordir.

Yangi o‘quv binosi yuzlab o‘g‘il-qizlarning bilim olishi, orzu-maqsadlari sari dadil intilishi va kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qiladi.

🇺🇿 Mustaqillik — bu bunyodkorlik!
🇺🇿 Mustaqillik — bu taraqqiyot!
🇺🇿 Mustaqillik — farzandlarimiz uchun munosib kelajak demakdir!

🎊 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 5