35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌿 “EZGULIK CHELLENJI” — EZGU ISHLAR DAVOM ETMOQDA! 🤝✨

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan “Ezgulik chellenji” doirasidagi ezgu va savobli ishlar davom etmoqda. 🇺🇿🌿

Bugun Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Saidova Nigora Rajabboyevna hamda maktab jamoasi tomonidan tumanning Xo‘jgi mahallasida istiqomat qiluvchi, ko‘p yillar davomida 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida fidokorona mehnat qilgan Sh. Safarovlar xonadonida bo‘lib, xonadon sohiblaridan hol so‘raldi. 🏡

🤲 Tashrif davomida samimiy suhbat qurilib, xonadon ahlining holidan xabar olindi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan bayram sovg‘asi — oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat to‘plam xonadon sohiblariga taqdim etildi. 🎁🌾

💐 Bayram munosabati bilan ezgu tilaklar bildirilib, xonadon ahliga mehr va e’tibor ko‘rsatildi.

🌿 Bunday savobli tashabbuslar inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, xalqimizga bayramona kayfiyat ulashishga xizmat qilmoqda.

✨ “Ezgulik chellenji” — yaxshilik, mehr va insonparvarlikka chorlovchi ezgu tashabbus!

🇺🇿 Ezgulik davom etadi!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4