35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
янв.21
Máhálle hayal-qızlar belsendisi tárepinen ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń nátiyjeliligi úyrenildi.
янв.21
Máhállede isbilermenlik jumısları úyrenildi.
янв.21
Máhálle infrastrukturasın rawajlandırıw - áhmiyetli wazıypalardıń biri.
янв.21
Múrájatlar orınlanıwı - deputat qadaǵalawında
янв.21
#162_Nızam Keńes deputatı rayondaǵı Ayrıqsha jaǵdaylar bólimi jumısın úyerdi.
Mustaqillik — ta’limdagi yangilanish va yangi imkoniyatlar davri

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, zamonaviy ta’lim muassasalarini barpo etish, yosh avlod uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

📚 Bugun bunyod etilayotgan yangi maktablar, rekonstruksiya qilinayotgan sport inshootlari va zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari ana shu islohotlarning amaliy natijasidir.

🏫 Taxiatosh tumani misolida

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratmoqda.

Xususan, “Oydin yo‘l” MFY 13-P.Seytov saylov okrugi hududida yangidan bunyod etilgan 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ayni paytda yangi o‘quv yilida faoliyat boshlash uchun so‘nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Zamonaviy ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi hududdagi o‘quvchilar uchun munosib va qulay sharoitlar yaratish, ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🏗 Shuningdek, tumanda sport maktablarini qayta rekonstruksiya qilish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ham yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari barpo etilayotgani bolalarni maktab ta’limiga puxta tayyorlash, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

🌱 Zero, ta’limga kiritilgan investitsiya — kelajak avlodga kiritilgan eng muhim sarmoyadir.
🇺🇿 Mustaqillik yillarida ta’lim sohasida yaratilgan imkoniyatlar bugungi yoshlarning bilim olishi, kasb egallashi, sport bilan shug‘ullanishi va kelajakda munosib o‘rin egallashi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati
Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna

Slide 1 of 1