35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi xavfsizligi — deputat nazoratida

Aholi xavfsizligi — deputat nazoratida

Deputat so‘rovi — muammoni ko‘tarish emas, uning amaliy yechimiga erishish vositasidir.
📌 Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 22-okrug deputati S.Shavkatov tomonidan Toshkent viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi Zangiota tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📍 So‘rovga Qahramon mahallasi hududida, “MOS PEKAR” binosi ro‘parasidagi yo‘l va piyodalar xavfsizligi bilan bog‘liq masalalar asos bo‘ldi.

❗️Mazkur hududda piyodalar o‘tish yo‘laklarining (zebra chiziqlari) o‘chib ketgani, shuningdek, avtobus bekat tashkil etilmagani fuqarolar, ayniqsa, maktab o‘quvchilari uchun noqulaylik va xavfsizlik muammolarini yuzaga keltirmoqda.

📝 Deputatlik so‘rovida:
🔹 piyodalar o‘tish yo‘laklarini qayta chizish va zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish;
🔹 “MOS PEKAR” yaqinida rasmiy jamoat transporti bekatini tashkil etish
so‘raldi.

Slide 1 of 2