35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tadbirkorlar kuni muborak! Hurmatli tadbirkorlar!

Sizlarni Tadbirkorlar kuni bilan Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz iqtisodiy taraqqiyoti, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissangiz tahsinga sazovor.

Sizlarga yangi g‘oyalar, muvaffaqiyatli loyihalar, mustahkam hamkorlik, barakali daromad va ulkan zafarlar tilaymiz. Har bir tashabbusingiz rivoj va yuksalishga, mehnatingiz esa yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilsin.
Oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, o‘zingizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga rivoj va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!
Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin!

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi nomidan