👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ro‘zmetov Marimboy Shermetovich tomonidan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Shovot tumani bo‘limi bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini o‘rganish, fuqarolarga pensiya va nafaqa masalalarida amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan ishlar olib borildi.
🤝 Hamkorlik davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar o‘rganilib, ularning murojaatlarini tegishli tartibda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
📌 Deputat va tashkilotlar hamkorligi — aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Xalq bilan muloqot — amaliy natija sari muhim qadam!