Maorif MFYda 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla faollariga 24 ta tavsiyaning mazmun-mohiyati, ularni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, mahallada belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.