35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida" qonunning 19/1 prim moddaga asosa Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari Y.Jo‘rayeva, J.Mamadaliyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan U.Nosir SIU hududida poliz ekinlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda 125 gektar maydonda poliz ekinlari ekilgani aniqlandi. Ushbu maydonlarda qovun, tarvuz va boshqa turdagi poliz ekinlari yetishtirilmoqda. Ekinlarning vegetatsiya davridagi holati, sug‘orilishi va parvarish ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishda asosiy e’tibor suvdan oqilona foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish masalalariga qaratildi. Mazkur yondashuv ekinlarni zarur miqdorda suv bilan ta’minlash, suv sarfini kamaytirish hamda hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Slide 1 of 5