Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Islamova tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Ahillik mahallasi xotin-qizlar faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalladagi oilaviy muhit va ajrimlar bilan bog‘liq holat o‘rganildi. 2025-yilning shu davrida mahallada 3 ta ajrim qayd etilgani, bugungi kunda ham ajrimlar soni 3 tani tashkil etayotgani, ya’ni ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarmagani aniqlandi.
Shu bilan birga, kelgusida ajrimlar sonining ortib ketishining oldini olish, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash va oilalar mustahkamligini ta’minlash bo‘yicha xotin-qizlar faoliga tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.