35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#deputat_hududlarda

Samonchuq mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 25-Samonchuq saylov okrugidan saylangan deputat B. Dilliyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Samonchuq mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
➡️Uchrashuv davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Ayniqsa, hududda aholini qiynayotgan ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
➡️Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarning yechimini topish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
➡️Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi bevosita muloqotni mustahkamlash, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha samarali choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5