35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Ov qilish va ovchilik — tabiatga mas'uliyat bilan munosabatdir

Ov qilish va ovchilik — tabiatga mas'uliyat bilan munosabatdir

Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 2020-yil 19-mayda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2020-yil 19-iyunda Senat tomonidan maʼqullangan. Mazkur Qonun ov qilish va ovchilik xoʻjaligi sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, yovvoyi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga xizmat qiladi.
Qonunning asosiy maqsadi — ovchilik resurslarini asrash, biologik xilma-xillikni saqlash, ov qilishni qatʼiy belgilangan qoidalar asosida amalga oshirish hamda tabiatga zarar yetkazilishining oldini olishdir.

Qonunga muvofiq:

- ov qilish faqat belgilangan muddatlarda va ruxsat etilgan hududlarda amalga oshiriladi;
- ov qilish uchun tegishli ruxsatnoma va qonunda nazarda tutilgan hujjatlar talab etiladi;
- Qizil kitobga kiritilgan noyob va yoʻqolib borayotgan hayvonlarni ovlash taqiqlanadi;
- ovchilar belgilangan xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi shart;
- ovchilik xoʻjaliklari yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini saqlash va koʻpaytirish bo‘yicha zarur choralarni amalga oshiradi.

Tabiatni asrash — har bir fuqaroning burchidir. Ov qilish madaniyatiga rioya etish, yovvoyi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ekologik muvozanatni saqlash orqali kelajak avlodlarga boy tabiiy merosni qoldirishimiz mumkin.