35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
XALQ VAKILI — AHOLI DARDI BILAN

XALQ VAKILI — AHOLI DARDI BILAN

Muammoni eshitish — uni hal etish sari birinchi qadam.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna 13-«Umid» saylov okrugiga qarashli Ziyokor mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Ochiq muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlarini bevosita deputatga bildirdilar.
Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

📌 Deputatlik faoliyatining muhim jihati — xalq orasida bo‘lish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va natijadorlikni nazoratga olishdir.

Aholi bilan bunday samimiy va ochiq muloqotlar fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mavjud muammolarga manzilli yechim topish hamda xalq va vakillar o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌿 E’tibor bor joyda — yechim bor.
Muloqot bor joyda — ishonch bor.

Slide 1 of 4