35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 19-«Qizilolma» saylov okrugidan saylangan deputat Artikova Umida hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov ishtirokida «Olmazor» mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini qamrab olgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida aholining bandligi, tomorqalardan samarali foydalanish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari hamda mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik loyihalari yuzasidan holat o‘rganildi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunida aniqlangan muammolar deputatning maxsus nazorat jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari hamda tegishli topshiriqlar kiritilishi, ularning ijrosi deputatlik nazorati asosida muntazam monitoring qilinishi va fuqarolarni qanoatlantiradigan amaliy yechimlarga erishish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3