35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Deputat so'rovi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Bekimbetova Sayyara Seytimovna mahallalarda elektr energiyasini tejash, magistral va ichki yo‘llarni zamonaviy hamda energiya tejamkor usulda yoritish masalasini deputatlik nazorati tartibida o‘rganmoqda.

📌 Mazkur yo‘nalish O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashining 2026-yil 23-iyuldagi №01-02/228-sonli xati hamda partiyaning asosiy ish rejasining 16-bandida belgilangan vazifalardan kelib chiqib o‘rganilmoqda.

💡 Asosiy e’tibor — magistral va ichki yo‘llarni quyosh panellari yordamida yoritish tizimini yo‘lga qo‘yish imkoniyati va tumandagi mavjud holatni aniqlashga qaratilgan.
📄 Shu maqsadda Taxiatosh tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori U.M.Jumabayevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔍 Deputatlik so‘rovida Taxiatosh tumanida magistral va ichki yo‘llarni quyosh panellari yordamida yoritish tizimi joriy etilganligi holati hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🏛 Mazkur masalani o‘rganish natijalarini Xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyasi va sessiyasi muhokamasiga kiritish nazarda tutilgan.

⏳ So‘rovda javobni deputatlik so‘rovini olgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmasdan taqdim etish so‘ralgan.

Slide 1 of 2