35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
Me’mor mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi
Me’mor mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Hafizov Jo‘rabek hamda “MADAD” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Eliboyeva Malika hamkorligida Navoiy shahridagi Me’mor mahallasi raisining faoliyati o‘rganildi.

⚖️ O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-son Qonuni (2013-yil 22-aprel) talablari asosida amalga oshirildi. Mazkur Qonun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy asoslari, vakolatlari hamda mahallaning aholi bilan ishlashdagi vazifalarini belgilaydi.

🔹 O‘rganish davomida mahalla raisining aholi bilan ishlashi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashi, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

🤝 Shuningdek, “MADAD” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda huquqiy masalalar bo‘yicha aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. “MADAD”ning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarga birlamchi bepul yuridik yordam va huquqiy maslahatlar berishdan iborat.

📌 O‘rganish yakunida mahalla raisi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq va manzilli muloqotni kuchaytirish hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qonun ustuvorligi, aholi bilan samarali muloqot va hamkorlik — mahalla faoliyatining muhim mezonlaridir.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 3