35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#biriktirilgen_shólkem Aymaqtaǵı mashqalalar deputat hám juwapker shólkem qatnasıwında úyrenildi.
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#mahalladagi_kocha_boshilari_bilan_uchrashuv
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan


🏘 “CHO‘MISHLI” MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F. Shermuxamedova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Cho‘mishli” mahallasida mahalla ko‘cha boshilari ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, hududdagi mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📋 Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘rganish, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish masalalari muhokama qilindi.

🌿 Shuningdek, “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, xonadonlar, ko‘chalar va mahalla hududlarini obodonlashtirish, tozalik va ozodalikka rioya qilish hamda hududlar fayzini yanada oshirishda faol ishtirok etishga chaqirildi.

🤝 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4