35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#biriktirilgen_shólkem Aymaqtaǵı mashqalalar deputat hám juwapker shólkem qatnasıwında úyrenildi.
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
Soliq xavfini boshqarish masalasi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan soliq xavfini boshqarish, soliq to‘lovchilarni xavf darajasi bo‘yicha toifalash hamda soliq tekshiruvlarini qonunchilik talablari asosida tashkil etish masalalari o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7 yanvardagi 1-son «Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bilan soliq xavfini aniqlash, baholash va soliq to‘lovchilarni past, o‘rta hamda yuqori xavfli toifalarga ajratish tartibi belgilangan.


📊 O‘rganishlar davomida tumanda soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan subyektlarni aniqlash mezonlari, kameral va sayyor soliq tekshiruvlarining qonuniyligi, tadbirkorlarga xabar berish tartibi hamda ularning tushuntirishlarini inobatga olish amaliyotiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🤝 Shuningdek, soliq intizomiga rioya qilayotgan tadbirkorlik subyektlariga ortiqcha ma’muriy yuk tushirmaslik, past xavfli tadbirkorlarga nisbatan soliq nazoratini minimallashtirish va tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari ham deputatlik nazorati doirasida ko‘rib chiqilmoqda.

🔎 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — soliq qonunchiligi talablarining bir xil va adolatli qo‘llanilishini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish hamda mahalliy budjet daromadlarini barqaror oshirishga ko‘maklashishdan iborat. 

Slide 1 of 1