Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalari joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
🔎 O‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
✅ obyektning haqiqiy texnik holati;
✅ loyihaning dasturga kiritilish asoslari;
✅ ajratilgan mablag‘larning miqdori va moliyalashtirish manbalari;
✅ bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va hajmi;
✅ loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosalarining mavjudligi;
✅ obyektni foydalanishga topshirish muddatlari;
✅ aholining mazkur loyihaga bo‘lgan ehtiyoji va fikri;
✅ mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi;
✅ loyiha bo‘yicha ma’lumotlarning ochiqligi va jamoatchilikka taqdim etilishi.
🗣 Deputatlar aniqlangan muammolarni mas’ullar bilan muhokama qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalarni ilgari surmoqda.