Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar o‘rganilmoqda.
Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan “Biriktirilgan hududda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari asosida savollar va takliflar shakllantirilmoqda.
Nizomga ko‘ra, profilaktika inspektorlari faoliyati nafaqat hisobotlar, balki joylarga chiqib, erishilgan aniq natijalarni o‘rganish va faoliyat samaradorligini baholash orqali ham tahlil qilinadi.
📍 Deputatlik nazorati — hududdagi muammolarni aniqlash, mas’ullardan aniq javob va amaliy natija talab qilishning muhim vositasidir.