35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#biriktirilgen_shólkem Aymaqtaǵı mashqalalar deputat hám juwapker shólkem qatnasıwında úyrenildi.
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
DEPUTAT SO‘ROVI: KO‘P QAVATLI UYNI TABIIY GAZ TARMOĞIGA ULASH MASALASI KO‘TARILDI

Nazorat-tahlil tadbirlari davomida “Bog‘ishamol” mahallasi I.Karimov ko‘chasi, 198-uy 66-xonadonda yashovchi fuqaro Sh. Egamberdiyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat jarayonida mazkur ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilganiga qaramasdan, bugungi kunga qadar tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, ushbu holat ko‘p qavatli uyda yashovchilar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish masalasini hal etish hamda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat bildirilgan.

O‘rganishlar davomida mazkur muammo fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlanib, masala yuzasidan “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i X. Berdimuratov nomiga deputat so‘rovi kiritildi.

Unda:

- ko‘p qavatli uyning tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmaganlik sabablari atroflicha o‘rganilishi;

- mavjud gaz tarmog‘iga ulash imkoniyatlari texnik jihatdan ko‘rib chiqilishi;

- zarur texnik shartlar, loyiha va tashkiliy masalalar belgilangan tartibda hal etilishi;

- gaz tarmog‘iga ulanishi mumkin bo‘lgan xonadonlar bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi;

- amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda yozma ma’lumot taqdim etilishi so‘ralgan.

Aholini munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.