35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📌 Mahalliy Kengash muhokamasiga masalalar qanday tartibda kiritiladi?
#deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatining hududlardagi o‘rganishlari davom etmoqda.
Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashi 3-okrug deputati Zafar Adilov tomonidan "Furqat" mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati hamda mahalla yoshlari hayoti, ularga yaratilgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish jarayoniga mas’ul xodim Muhriddin Begmatov ham hamrohlik qilib, hududdagi yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligini tahlil etishda ishtirok etdi.
O‘rganish davomida:
"Yoshlar daftari" shakllantirilishi va undagi yoshlarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar holati;
Navqiron avlod vakillarining bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish choralari;
Mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va madaniyat tadbirlarining sifati.
Zafar Adilov, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati:
"Mahalladagi yoshlar yetakchisi — davlat va yoshlar o‘rtasidagi ko‘prikdir. Furqat mahallasidagi har bir yosh yigit-qizning muammosi, qiziqishi va intilishi bizning doimiy e’tiborimizda bo‘ladi. Maqsadimiz — har bir yoshning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdir."

Yakunda mahallada yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.