35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📌 Mahalliy Kengash muhokamasiga masalalar qanday tartibda kiritiladi?
#o'rganish #nazorat

Farzandlarimizning issiq, shinam va xavfsiz muhitda sifatli ta’lim-tarbiya olishi — har birimiz uchun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, oldinda turgan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish har bir ta’lim muassasasidan yuqori tayyorgarlikni talab etadi.
Shu maqsadda, Xalq deputatlari shahar Kengashining 6-okrug deputati Matluba Ashurova o‘z hududidagi umumta’lim maktabida bo‘lib, u yerdagi tayyorgarlik ishlarini joyida o‘rgandi.

Deputat maktab ma’muriyati hamrohligida muassasaning mavsumga tayyorgarlik darajasini ko‘zdan kechirdi:
🏫 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: Sinfxonalari va fan kabinetlarining holati;
🔥 Issiqlik tizimi sozligi: Qozonxonalar, isitish tarmoqlari va quvurlarning qishki mavsumga shayligi;
❄️ Kuz-qishga tayyorgarlik: Bino tomlari, deraza-eshiklarning issiqlik saqlash darajasi va muhandislik kommunikatsiyalarining holati tahlil qilindi.
O‘rganish davomida aniqlangan, zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan ba’zi tizimli muammolar va kamchiliklar deputatning shaxsiy ish jurnaliga qayd etildi va qat’iy nazoratga olindi.
Ushbu jarayonlarda faollik ko‘rsatib, deputatga amaliy ko‘mak berayotgan Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyatidan biriktirilgan mas’ul xodim Muhriddin Begmatov ham masalalarni tezkor hal etish choralarini muvofiqlashtirib bormoqda.

Sinfxonalarda harorat me’yorida bo‘lishi, o‘quvchilar dars qoldirmay, issiq xonalarda bilim olishlari yo‘lidagi ishlar deputatimiz tomonidan izchil davom ettiriladi!

Slide 1 of 3