35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📌 Mahalliy Kengash muhokamasiga masalalar qanday tartibda kiritiladi?
#o'rganish #nazorat tadbiri

Joylarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining shaffofligi va manzilliligini ta’minlash maqsadida doimiy deputatlik nazorati olib borilmoqda.
Shu maqsadda, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 20-saylov okrugi deputati Alisher Samadov hamda Kengash kotibiyatining biriktirilgan mas’ul xodimi Mukarram Nematullayeva ishtirokida "Abdulla Qahhor" mahallasida faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimning ish jarayoni o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida quyidagi ustuvor masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
Ehtiyojmand qatlam bilan ishlash: Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va nogironligi bor fuqarolarning yashash sharoitlari hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati.
Bolalar huquqlari muhofazasi: Yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan aniq choralar.
Hujjatlar tahlili: Davlat tomonidan g‘amxo‘rlik qilish maqsadida ajratilayotgan moddiy va ijtimoiy yordamlarning o‘z egalariga to‘liq hamda o‘z vaqtida yetib borish holati tegishli hujjatlar asosida atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jarayon davomida ijtimoiy xodimning fuqarolar bilan ishlash tizimi tahlil qilinib, davlat yordamlarini manzilli yetkazishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
Bu kabi o‘rganishlar davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning eng quyi bo‘g‘inda — mahallalarda to‘g‘ri va adolatli amalga oshishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3