Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari Zuhra Pulatova hamda Abdujabbor Djurayev tomonidan aholi ehtiyojlarini ta’minlash va bozorlarda qulay muhit yaratish maqsadida, “Oydin dehqon bozori” dagi umumiy holat atroflicha o‘rganildi va nazoratdan o‘tkazildi.
Deputatlar ko‘zdan kechirish jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdilar:
Tozalik va obodonlashtirish: Bozor hududi va uning atrofidagi sanitariya-gigiyena holati, obodonlashtirish ishlarining borishi;
Fuqarolarga qulayliklar: Xaridorlar va sotuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
Mahsulotlar ta’minoti va sifati: Bozor rastalarida qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining yetarliligi va ularning sifati;
Narx-navo barqarorligi: Sun’iy narx oshirilishining oldini olish va hamyonboplik.
📝 Ma’lumot o‘rnida: Mazkur o‘rganish tadbirlarida barcha daxldor va mas’ul tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli nazorat ishlarini olib bormoqdalar. Aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish yuzasidan tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Bozorlardagi to‘kin-sochinlik va narxlar barqarorligi doimiy nazoratda qoladi.