Xalq bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Shuxrat Axmedovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi deputatlik va jamoatchilik nazorati asosida ta’minlanishi belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bunday qabullar xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi samarali boshqaruv tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.