35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📌 Mahalliy Kengash muhokamasiga masalalar qanday tartibda kiritiladi?
📍 Deputat tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini joyida o‘rgandi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan Turkiston mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning faoliyati davomida uchrayotgan muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan asosan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Mazkur murojaatlar yuzasidan tadbirkorlarga amaldagi tartib va qonunchilik talablari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–387-son qaroriga muvofiq, joriy yildan boshlab Shovot tumanida maishiy chiqindilar, agrotexnik ishlov berish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, barglar) hamda ko‘chalarni tozalashdan hosil bo‘ladigan chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini tashkil etish vazifasi Shovot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi zimmasiga yuklatilgani ta'kidlandi.
Shu munosabat bilan tadbirkorlarga Obodonlashtirish boshqarmasi bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish xizmatidan foydalanish zarurligi tushuntirildi.
🤝 Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4