35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📌 Mahalliy Kengash muhokamasiga masalalar qanday tartibda kiritiladi?
Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi

Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-son) hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni (2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son) talablari asosida xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi ijtimoiy-madaniy soha obyektlari faoliyati o‘rganilib, deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovna hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan Madaniyat va ma’rifat markazining cholg‘u asboblari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida markaz tasarrufidagi cholg‘u asboblarining mavjud holati, ularning saqlanishi, sozligi va foydalanish samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ijodiy jamoalar faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham tahlil qilindi.

Ta’kidlanganidek, milliy musiqa san’atini rivojlantirish, yosh avlodni san’atga jalb etish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy madaniy merosimizni keng targ‘ib qilish dolzarb vazifalardan biridir.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Madaniyat to‘g‘risida”gi Qonuni (2021-yil 20-yanvardagi O‘RQ-668-son) hamda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari asosida amalga oshirilmoqda.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha cholg‘u asboblarini asrab-avaylash, ulardan samarali foydalanish, zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish hamda ijodiy jamoalar faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan olib borilayotgan bunday o‘rganishlar madaniyat va san’at sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, ijodiy muhitni rivojlantirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3