35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📌 Mahalliy Kengash muhokamasiga masalalar qanday tartibda kiritiladi?
#_biriktirilgan_tashkilot #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Biriktirilgan tashkilotda deputat nazorati
#_biriktirilgan_tashkilot
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Biriktirilgan tashkilotda deputat nazorati


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “19-Olmazor” saylov okrugidan saylangan deputati S.Qurbonov tomonidan Sariosiyo tumani Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida markaz faoliyati, fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni yuritish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar, amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritishda qonunchilik talablariga rioya etilishi, hisobotlarning o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanishi, fermer xo‘jaliklariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish holati yuzasidan mas’ul xodimlar bilan muloqot o‘tkazildi.
O‘rganish yakunida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yuksaltirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Slide 1 of 3