35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#biriktirilgen_shólkem Aymaqtaǵı mashqalalar deputat hám juwapker shólkem qatnasıwında úyrenildi.
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxasisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati N.Xamidovalar tomonidan Xalqaobod mahallasi hududidagi do‘konlarida aholi iste’moli uchun sotuvga chiqarilgan tez buziladigan mahsulotlarning saqlanish holati va yaroqlilik muddatlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida sut va sut mahsulotlari, go‘sht mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, muzlatilgan oziq-ovqatlar hamda boshqa tez buziladigan mahsulotlarning saqlash sharoitlari, sanitariya talablariga rioya etilishi va mahsulotlarning yaroqlilik muddatlari tahlil qilindi.
Tekshiruv jarayonida ayrim savdo nuqtalarida mahsulotlarni saqlash va joylashtirishda belgilangan talablarga to‘liq amal qilinmayotganligi, mahsulotlarning yaroqlilik muddatlarini doimiy nazorat qilish ishlarini yana-da kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, xaridorlarga xavfsiz va sifatli mahsulotlar yetkazib berish maqsadida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish lozimligi ta’kidlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlik subyektlari va mas’ullarga tegishli tushuntirishlar berilib, qonunchilik talablariga muvofiq choralar ko‘rish hamda mahsulotlar sifati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

O‘rganish yakunida aholi salomatligini muhofaza qilish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va savdo nuqtalarida oziq-ovqat xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etilishini ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4