Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyatida viloyat Kengashi kotibiyati tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda hududiy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, deputatlik faoliyatini faollashtirish, doimiy komissiyalar ishini kuchaytirish, deputatlik so‘rovlari va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
Berilgan topshiriqni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, Kengash faoliyatini axborot jihatdan yoritish, hujjat ijrosini nazoratga olish hamda kelgusidagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab olindi.