♻️ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati T.Xoliqov tomonidan "Obod To‘qimachi" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Azizovning murojaati o‘rganildi.
🛝 Murojaatda Qayim Umarov ko‘chasidagi mahallaga tegishli bo‘sh hududda bolalar uchun zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.
📍Murojaat yuzasidan fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, hududning lokatsiyasi olinishi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyni o‘rganish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
✅ Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, uning ijrosi yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi ta’kidlandi.