Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganishlar davomida tashkilotlarda:
🔹 fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish hamda ro‘yxatga olish tartibi;
🔹 murojaatlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish holati;
🔹 shaxsiy va sayyor qabullarni tashkil etish amaliyoti;
🔹 takroriy murojaatlar sabablari va ularni kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
🔹 murojaatlar yuzasidan qabul qilingan qarorlar ijrosi hamda nazorat tizimi;