35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📌 Mahalliy Kengash muhokamasiga masalalar qanday tartibda kiritiladi?
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman kengashi raisi B.Bekmurodov tomonidan Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘inidagi poliklinikada “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jamiyatda ushbu illatga qarshi kurashishda fuqarolarning mas’uliyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida giyohvandlik inson salomatligi, oila va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazuvchi omil ekani, uning oldini olishda har bir fuqaroning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilarga giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni turli zararli odatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida aholi o‘rtasida sog‘lom muhitni qaror toptirish, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarning oldini olish borasidagi targ‘ibot ishlarini yana-da kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 2