Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Gulbog‘ saylov okrugidan saylangan deputati Sh. Isoqov tomonidan Konsurun mahallasida faoliyat yuritayotgan soliq inspektorining o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida soliq inspektori tomonidan aholi va tadbirkorlar bilan ishlash, soliqqa oid tushuntirishlar berish, mavjud muammolarni aniqlash hamda belgilangan vazifalarning ijrosi tahlil qilindi.
Shuningdek, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolar bilan ishlash sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.