35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Imarat qurılmaǵan bos jer uchastkasın kadastr qılıw múmkin be?
янв.21
Ekspert guruhi tarkibi qanday shakllantiriladi?
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi — yoshlar manfaatlari yo‘lida!
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi – faol yoshlar uchun muhim platforma!
янв.21
Ekspert guruhlari — mahalliy Kengashlar faoliyatining muhim tayanchi
янв.21
#háptelik #isreje Xalıq deputatları  Shomanay rayonlıq Keńesi tárepinen 2026-jıl 13-17-iyul kúnleri aralıǵında aymaqlarda tómendegi is-ilajlar rejelestirilgen:
янв.21
Basqarıw kompaniyalarınıń jumısı úyrenildi.
янв.21
#162_Nızam Mápler soqlıǵısıwınıń aldın alıw - hadal hám ashıq-aydın basqarıwdıń áhmieytli shárti!
янв.21
Sociallıq taraw obyektleri úyrenilmekte.
янв.21
#162_Nızam   Sociallıq sheriklik - birge islesiw hám rawajlanıw faktorı!
DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDAGI BOLALAR MAYDONCHALARI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏗 DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDAGI BOLALAR MAYDONCHALARI QURILISHI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Yunusobod tumani hududidagi “Mirzo Ulug‘bek”, “Bo‘zsuv” hamda “Shayx Shivli” mahalla fuqarolar yig‘inlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barpo etilayotgan bolalar maydonchalarining qurilish jarayonlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔎 Deputatlik nazorati doirasida bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishi, jismonan chiniqishi hamda ochiq havoda xavfsiz mashg‘ulotlar olib borishi uchun tashkil etilayotgan bolalar maydonchalarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

📝 O‘rganish davomida qurilish ishlarining bugungi holati, maydonchalarning bolalar uchun qulay va xavfsiz tashkil etilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda ishlarni belgilangan talablar asosida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 Shuningdek, bolalar maydonchalarini zamonaviy va xavfsiz o‘yin jihozlari bilan ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish, bolalarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda maydonchalardan foydalanishda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish muhimligi ta’kidlandi.

📁 Deputat Nigora Eshmetova tomonidan mas’ullar bilan qurilish jarayonlarining keyingi bosqichlari yuzasidan fikr almashilib, ishlarni sifatli tashkil etish va bolalar manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

⚙️ Ayni paytda “Mirzo Ulug‘bek”, “Bo‘zsuv” va “Shayx Shivli” mahallalaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar maydonchalarini barpo etish bo‘yicha qurilish ishlari davom etmoqda.

🤝 Mazkur obyektlarda olib borilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida bajarilishi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8