35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Turaqlı_komissiya 19_1_statya.
янв.21
Járdemge mútáj shańaraqlardıń sociallıq jaǵdayı ornında úyrenildi.
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
Deputat sociallıq taraw obektlerinde.
янв.21
Deputatlar Nawrız MPJ aymaǵındaǵı «Náwbahar» tigiw cexında boldı.
янв.21
#deputat #deputatuyreniw Úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-371-sonli Qonuni huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim huquqiy hujjatlardan biridir.
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputati faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalarda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda tizimli o‘rganish ishlari olib boriladi.
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR – DEPUTATLIK FAOLIYATINING MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN VA SIYOSIY PARTIYA BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARI
DEPUTAT MUROJAATI NAZORATGA OLINDI: PENSIONERLAR UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILISHI MUHIM MASALA

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Voropayeva Natalya Viktorovna tomonidan hududdagi Xalq banki filialida fuqarolar, ayniqsa, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xizmat ko‘rsatish sharoitlari o‘rganildi.

✅O‘rganish jarayonida yozning jazirama issig‘ida ko‘plab pensionerlar o‘z pensiya to‘lovlarini olish uchun uzoq vaqt navbat kutishga majbur bo‘layotgani kuzatildi. Bu holat, ayniqsa, yoshi ulug‘ fuqarolar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jiddiy noqulaylik tug‘dirishi qayd etildi.

👉Shu munosabat bilan deputat tomonidan bank rahbariyati e’tiboriga fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, navbatlarni samarali tashkil etish, kutish joylarini soyabon va o‘rindiqlar bilan jihozlash hamda yoshi ulug‘ va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga alohida xizmat ko‘rsatish tartibini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔠Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqarolar uchun munosib va qulay xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi fuqarolarning murojaatlari va ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni doimiy deputatlik nazoratida saqlashda davom etadi.

Slide 1 of 2