35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📌 Mahalliy Kengash muhokamasiga masalalar qanday tartibda kiritiladi?
Guliston mahallasidagi yangi maktab qurilishi o‘rganildi

 Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Guliston mahallasida barpo etilayotgan yangi umumta’lim maktabi qurilishi ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, obyektda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, qurilish
materiallarining sifati, mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda qurilishning belgilangan reja asosida olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot davomida qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, binoda
zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirish, o‘quvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi. Yangi maktabning foydalanishga topshirilishi hududda ta’lim sifati va qamrovini yanada oshirish, o‘quvchilarning zamonaviy va
qulay sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
X. Raximov qurilish jarayonida belgilangan me’yor va talablarga qat’iy amal qilish, har bir ish bosqichini sifatli tashkil etish hamda ob’ektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi. Yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun zamonaviy ta’lim muassasalarini barpo etish, ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish va aholiga munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 5