35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📌 Mahalliy Kengash muhokamasiga masalalar qanday tartibda kiritiladi?
Deputat so‘roviga javob: elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha chora ko‘rilmoqda

Deputat so‘roviga javob: elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha chora ko‘rilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Kazakov Maxsud Asredinovichning deputatlik so‘rovi yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali Pastdarg‘om tuman elektr ta’minoti tomonidan javob xati taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan To‘qboy mahallasi hududida joylashgan TP-2971 transformator punktida yuklama oshib ketgani hamda qo‘shimcha transformator o‘rnatish masalasi o‘rganildi.

Ma’lum qilinishicha, iste’molchilar soni ortgani va transformator punktining yuqori yuklama bilan ishlayotganini inobatga olgan holda, 2026-yilda tuman hokimligining infratuzilma jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mazkur hududga qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatish rejalashtirilgan.

Aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, hududlardagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.