35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jaslar jetekshisiniń jumısı ornına shıǵıp úyrenildi
янв.21
💰 Deputat byudjetdan fuqaroga pul berib qo‘ya oladimi?
янв.21
📌 "Deputat mahalla yettiligining ishlarini nega o‘rganadi?"
янв.21
#162_Nızam úyreniw. Nızamdı orınlaw boyınsha aymaqta úyreniw jumısları alıp barıldı.
янв.21
Máhalle jetiligi esabatı tıńlandı.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Biriktirilgen rayonlıq mákeme, shólkemlerde úyreniw jumısları alıp barılmaqta.
янв.21
Jer qatnasıqlarında nızamshılıq turaqlı komissiya ámeliy úyreniw ótkerdi. ÓRQ-937-sanlı Nızam orınlanıwı deputatlıq qadaǵalawda.
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📌 Mahalliy Kengash muhokamasiga masalalar qanday tartibda kiritiladi?
DMED tizimi joriy etilishi va tibbiy xizmat sifati deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Fayzullayeva Malika Yarkunovna tomonidan tumandagi 33-son oilaviy poliklinikada DMED — raqamli tibbiy axborot tizimining joriy etilishi, undan foydalanish samaradorligi hamda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoniga ta’siri o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida DMED tizimining bir qator ijobiy jihatlari qayd etildi. Xususan, Yo‘riqnomaning 11-bandiga muvofiq, bemorning JSHSHIR, tashxis va tibbiy ko‘rsatkichlari, laboratoriya hamda instrumental tahlil natijalari, elektron retseptlar, ambulator va statsionar davolanishga oid ma’lumotlarni elektron tibbiy kartaga real vaqt rejimida kiritish hamda boshqa tegishli modullarga avtomatik uzatish imkoniyati mavjud.
Shu bilan birga, o‘rganish davomida amaliyotda ayrim muammoli jihatlar ham mavjudligi aniqlandi. Xususan, poliklinikada bemor qabuliga ajratilayotgan 15 daqiqalik normativ vaqt shifokorning bemorni ko‘rikdan o‘tkazishi bilan bir qatorda DMED tizimiga zarur tibbiy ma’lumotlarni kiritishi, tashxis, tahlil natijalari, tayinlovlar va boshqa elektron hujjatlarni rasmiylashtirishi zarurati bilan bog‘liq qo‘shimcha yuklamani yuzaga keltirmoqda.
Natijada ayrim hollarda shifokor uchun bemor bilan bevosita muloqot qilish, shikoyatlarini batafsil tinglash va tibbiy holatini chuqur baholash uchun vaqt qisqarishi, navbatlarning yuzaga kelishi hamda qabul jarayonida vaqt taqsimoti bilan bog‘liq qiyinchiliklar kuzatilishi mumkinligi qayd etildi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — raqamlashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlagan holda, uning avvalo bemor uchun qulayligi, shifokor faoliyati samaradorligi va tibbiy xizmat sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 4