Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugiga qarashli Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mahallada 545 ta xonadon, 986 ta oila istiqomat qiladi. Aholi soni 4 011 nafarni tashkil etib, shundan 1 066 nafari yoshlardir. Amalga oshirilgan manzilli ishlar natijasida 3 nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlandi.

Deputat hududni ko‘zdan kechirish va fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish jarayonida ko‘cha aylanish daftarini yuritib, yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolarni qayd etdi. Mazkur daftar orqali har bir murojaat manzilli nazoratga olinib, ularning ijrosini ta'minlash hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Ushbu amaliyot aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida aniqlash va tezkor hal etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, deputat tashabbusi bilan ijtimoiy reyestrda turuvchi xonadon farzandi G.Ismoilova sinov muddati asosida ishga joylashtirildi. Bu esa mahallada yoshlar bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Slide 1 of 5