Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Siz bilesizbe
янв.21
Siz bilesizbe
янв.21
Deputat E-Kengash platformasına kelip túsken múrájatlardı kórip shıqpaqta
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
📰 #DAYJEST Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesi
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA INFRATUZILMA VA SANITARIYA XIZMATLARI HOLATI O‘RGANILDI

 DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA INFRATUZILMA VA SANITARIYA XIZMATLARI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Rahimov hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan tuman Kengashining
navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar
yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.


Jumladan, “Farg‘ona tozalik sanitar servis” MChJ Quva tuman filiali tomonidan
aholiga sanitariya-tozalik xizmatlarini ko‘rsatish sifati, chiqindilarni o‘z
vaqtida yig‘ish va olib chiqish, xizmatlarning tashkil etilish holati hamda
mavjud muammo va kamchiliklar joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.


Shuningdek, tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik”
jamg‘armasi hamda mahalla mablag‘lari hisobidan O‘zbek ko‘chasida amalga
oshirilayotgan elektr tayanch ustunlarini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini
tortish ishlari tahlil qilinib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda
yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga qayd etildi. Ularni
bartaraf etish hamda kommunal xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan
takliflar ishlab chiqilib, mazkur masalalarni tuman Kengashining navbatdagi
sessiyasida muhokama qilish belgilandi.
  

Slide 1 of 6