📲 Bugungi jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot davrida internet orqali savdo-sotiq qilish, masofadan turib tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, mahalla yoshlari va xotin-qizlar o‘rtasida onlayn tadbirkorlikni rivojlantirish aholi bandligini ta’minlashning eng samarali vositalaridan biridir.
🏅Shu maqsadda, bugun xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi O'zLiDeP deputati F.Sadullayeva tomonidan Urganch shahridagi “Feruz” MFY binosida mahalla yettiligi va mahalla faollari bilan davra suhbati hamda o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
✅ Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi
📱“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunining tub mazmun-mohiyatini, uning qulayliklari va taqdim etayotgan huquqiy kafolatlarini keng jamoatchilikka sodda va tushunarli tilda yetkazishdan iborat bo‘ldi.
📋 Muloqot davomida quyidagi muhim jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi:
🏅Huquqiy himoya va xavfsizlik: Onlayn oldi-sotdi jarayonlarida ham sotuvchi, ham xaridor huquqlarining qonuniy kafolatlanishi;
🟠Mahalla yettiligining roli: Mahalladagi ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni elektron tijorat, internet-do‘konlar ochish va platformalarda o‘z mahsulotlarini sotish ko‘nikmalariga yo‘naltirish;
🟠Yangi imkoniyatlar: Qonun doirasida elektron shartnomalar tuzish va raqamli tadbirkorlikni yuritish uchun yaratilgan yengilliklar.
🔹Yig‘ilish quruq hisobot formatida emas, balki jonli savol-javoblar va qizg‘in muhokamalar ruhida o‘tdi. Mahalla faollari va yettilik vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga deputat tomonidan atroflicha va asosli javoblar oldilar.
📌 Uchrashuv yakunida yangi qonunning afzalliklarini mahalla ahlisiga, ayniqsa tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga tushuntirish ishlarini tizimli davom ettirishga kelishib olindi.