Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Jaslar isleri bólimi tárepinen ámelge asırılıp atırǵan jumısları úyrenildi.
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

 IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati B.Sharipov hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan M.Xasanov mahalla fuqarolar yig‘inida
faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati tahlil qilindi.


Jarayon davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar,
nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan
fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilinib, aholiga
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi baholandi. Shuningdek, fuqarolarning
ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, murojaatlarni o‘z vaqtida
ko‘rib chiqish va manzilli yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar atroflicha tahlil etildi.


Shu bilan birga, ijtimoiy xodimning “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan
hamkorlikda amalga oshirayotgan faoliyati, xizmatlardan foydalanuvchilar bilan
ishlash tartibi, hujjatlar yuritilishi hamda ehtiyojmand aholi qatlamini
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlarga alohida e’tibor qaratildi.


Faoliyat yuzasidan aniqlangan kamchiliklar hamda hal etilishi lozim bo‘lgan
masalalar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga kiritildi.
  

Slide 1 of 4