Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
BUYUK TURON MAHALLASIDA PIYODALAR XAVFSIZLIGI MASALASI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahalladagi 3- va 6-tor ko‘chalar kesishmasida piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish zarurligi, xususan, mazkur hududda piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, hududdagi yo‘l infratuzilmasi, piyodalar xavfsizligi, aholiga qulay harakatlanish sharoitlari hamda mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonun, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

O‘rganish yakunida 3- va 6-tor ko‘chalar kesishmasida piyodalar yo‘lagini tashkil etish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholining qulay harakatlanishi uchun zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Buyuk Turon mahallasida aholi uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3